18:35 / 07.06.2019
4824
Nyu-Yorkda Tayms-skverni portlatmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Christina Horsten/dpa/Global Look Press

AQSh huquq-tartibot organlari xodimlari Nyu-York markazida portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar berdi ABC telekompaniyasi.

Telekompaniya manbalarining ma'lumot berishicha, u Nyu-Yorkning bosh maydoni – Tayms-skverni portlatish uchun "bir nechta granata sotib olishga qiziqish bildirgan". Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u biror-bir terrorchi yoki jinoiy guruhga aloqador emas.

Unga Bruklin rayoni sudida ayblov e'lon qilinishi kutilmoqda.

2018 yil dekabrda Kanada fuqarosi Abdulrahmon Al Baxnazaviy 40 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. U 2016 yilda Tayms-skver va Nyu-York metrosida portlovchi qurilmalarni harakatga keltirishga uringan.  

Top