8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

11:42 / 07.06.2019 8804

O‘zbekiston aeroportlaridagi ulush Rossiya kompaniyasiga sotilishi mumkin

Foto: aviateka.ru

Rossiyaning «Novaport» aeroportlar holdingi Qozog‘iston aeroportlarida ulush sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Hozirda Aqto‘be bo‘yicha muzokara olib bormoqdamiz, biz uchun bu muhim ahamiyatga ega. Qozog‘iston hukumatining Ostona, Nur-Sulton aeroportiga aloqador qarorini kutyapmiz, ammo, ehtimol, qaror kelgusi yil qabul qilinadi», - dedi «Novaport» egalaridan biri Roman Trotsenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, holding yana bir necha mamlakatlardagi aeroport aktivlari bilan qiziqmoqda.

«Bizga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston yoqadi, MDH yoqadi. Biz MDH hududida mustahkamlanib olishni istaymiz», - dedi Trotsenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitimlarning parametrlari muhokama qilinadi.

Bundan oldin, «Novaport» Samarqand aeroporti rekonstruksiyasini 2022 yilning bahorigacha yakunlashni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

Top