8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

09:05 / 07.06.2019 8709

Tramp AQShda yangi favqulodda vaziyatni e'lon qilishni rejalashtirmoqda – OAV 

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin orada AQShda yangi favqulodda vaziyat kiritilishini e'lon qiladi. Bu Trampga Meksikadan import qilinuvchi mahsulotlarga boj to‘lovlarini oshirishga imkon beradi, deb yozmoqda The Hill nashri. 

“Vashington bir necha bor Mexikodan noqonuniy migratsiya uchun o‘z zimmasiga javobgarlikni olib, uni qisqartirishda yordam berishni so‘radi. Biroq qo‘shni davlat rahbariyati bu muammoni yumshatish uchun yetarlicha choralar qabul qilmadi”, deb asoslangan favqulodda vaziyat kiritilishi zarurligi.

Tramp 10 iyundayoq Meksikadan olib kiriluvchi mahsulotlar uchun 5 foizlik boj to‘lovlarini kiritishi va ularni har oy oshirib borishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, 5 iyunda Tramp noqonuniy migratsiyani “jilovlash” uchun rasmiy Mexiko tomonidan “yetarlicha” progress yo‘qligini aytgan. “Oq uyda Meksika vakillari bilan immigratsiya bo‘yicha munozaralar yakunlandi. Progressga erishildi, biroq bu yetarlicha emas!”, deb yozgandi Tramp tvitterda.

Top