18:51 / 08.06.2019
6265

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning G‘or viloyatida “Tolibon” harakati jangarilarining hujumi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.

Viloyat kengashi raisi Hamidulla Mo‘tahidning  aytishicha, toliblar Davlatyor tumanidagi Po‘shta Nur qishlog‘idagi qo‘riqlash postlariga hujum uyushtirishgan.

Uning aniqlik kiritishicha, hujum natijasida qishloq oqsoqoli va yana ikki kishi yaralangan.

Viloyat gubernatorining matbuot kotibi Abdulhaqi Xatibi ushbu hodisa sodir bo‘lganini tasdiqladi, ammo hujum haqida aniq ma'lumotlarga ega emasligini bildirdi.

Top