8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

21:28 / 08.06.2019 4284

«Rolan Garros» musobaqasining finalchilari ma'lum bo‘ldi

Foto: globallookpress.com

Fransiya ochiq chempionatining ikkinchi yarim final uchrashuvida serbiyalik Novak Jokovich Avstriya vakili Dominik Timga 2:6, 6:3, 5:7, 7:5, 5:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi bahs 4 soat 19 daqiqa davom etdi.

Belgradlik tennischi 6 eysni amalga oshirdi, 4 marta to‘p uzatishda adashdi va 12 breyk-poyntdan 7tasini uddaladi.  

Hal qiluvchi final bahsida Tim ispaniyalik Rafae Nadalga qarshi kortga chiqadi.

Rafael Nadal “Rolan Garros” musobaqasining birinchi yarimfinalida afsonaviy shveysariyalik tennischi Rojyer Federer ustidan g‘alaba qozondi. 

2 soat 25 daqiqa davom etgan uchrashuv 6:3, 6:4, 6:2 hisobida yakunlandi.

Nadal «Katta dubulg‘a» seriyasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. U o‘tgan yili finalda Tim ustidan 6:4, 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Top