8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

19:12 / 08.06.2019 12237

Sirdaryoda besh tonna palov damlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi Amfiteatr maydonida  besh tonnalik palov damlandi. Uni tayyorlashga Guliston shahri va viloyatdagi 20 nafar taniqli oshpazlar jalb etildi. 

“Xalq so‘zi”ning xabar berishicha, palov “Tashabbus -2019” respublika tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi doirasida tayyorlandi.

Foto: Xalq so‘zi

Sirdaryo viloyati hokimligi savdo departamenti boshlig‘i Hamid Saydaliyevning bildirishicha, tayyorlangan taom “Bolalar shaharchasi”, “Mehribonlik uylari”, kam ta'minlangan oilalar, nogironlarga ehson qilindi va tadbir ishtirokchilariga ulashildi. 

Top