9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

09:14 / 08.06.2019 5707

Yevro-2020 saralashi. Ukraina Serbiyani javobsiz beshta gol bilan mehmon qildi va boshqa natijalar

Foto: REUTERS

Juma oqshomida Yevro-2020 saralashi guruh bosqichining 3-turi boshlandi.

Tur doirasida eng yirik hisob Ukraina–Serbiya o‘yinida kuzatildi. Lvovdagi bahsda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Yana bir yirik hisob Farer orollari – Ispaniya uchrashuvida qayd etildi, bahs ispanlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Shuningdek, Shvetsiya Maltani, Isroil Latviyani, Gruziya Gibraltarni 3:0 hisobida yengdi. Polsha va Chexiya milliy jamoalari mos ravishda Makedoniya va Bolgariyani mag‘lub etishdi. Daniya–Irlandiya, Norvegiya–Ruminiya, Litva–Lyuksemburg va Qoratog‘–Kosova uchrashuvlarida durang qayd etildi.

Yevro-2020 saralashi
3-tur. 7 iyun
Gruziya – Gibraltar 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 30 Gviliya, 2:0 – 59 Papunashvili, 3:0 – 76, penalti Arveladze.

Avstriya – Sloveniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 74 Burgshtaller.

Makedoniya – Polsha 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 47 Piontek.
Polsha – Fabianski, Bednarek, Glik, Kendzera, Bereshinski, Zelinski, Frankovski (Piontek, 46), Klix (Guralski, 90), Kryxovyak, Grositski (Ribus, 70), Levandovski.
Chetlatish: Musliu (85, Makedoniya).

Litva – Lyuksemburg 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 20 Rodriges, 1:1 – 74 Novikovas.
Chetlatishlar: Mikolyunas (42), Vorobev (90) – ikkisi ham Litva 

Ukraina – Serbiya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 26 Tsiankov, 2:0 – 28 Tsigankov, 3:0 – 46 Konoplyanka, 4:0 – 59 Yaremchuk, 5:0 – 75 Konoplyanka.
Ukraina – Pyatov, Mikolenko, Matviyenko, Krivsov, Karavayev, Malinovskiy, Stepanenko (Shepelev, 72), Tsigankov, Konoplyanka (Kovalenko, 76), Zinchenko, Yaremchuk (Kravets, 67).
Serbiya – Dmitrovich, Milenkovich, Kolarov, Spayich, Gachinovich, Kostich, Tadich, Maksimovich, Lyayich (Feysa, 59), Yovich (Lazovich, 72), Priyovich (Mitrovich, 53).
Ogohlantirishlar: Milenkovich (22), Spayich (32).

Chexiya – Bolgariya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 3 Isa, 1:1 – 19 Shik, 2:1 – 50 Shik.
Chexiya – Vatslik, Kaderjabek, Suxi, Chelyustka, Novak, Pavelka, Kral, Masopust (Kopits, 66), Souchek, Yankto (Kreychi, 83), Shik (Dolejal, 78).

Qoratog‘ – Kosovo 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 24 Rashitsa, 1:1 – 69 Mugosha.

Latviya – Isroil 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 9 Zaxavi, 0:2 – 59 Zaxavi, 0:3 – 80 Zaxavi.

Farer orollari – Ispaniya 1:4 (1:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 5 Ramos, 0:2 – 19 Navas, 1:2 – 30 Olsen, 1:3 – 33, avtogol Gesson, 1:4 – 71 Gayya.
Ispaniya – Arrisabalaga, Ermoso, Ramos (Lorente, 46), Gayya, Serdji Roberto, Rodri Ernandes, Navas, Kasorla, Isko (Fabian Ruis, 74), Aspas (Asensio, 56), Morata.

Norvegiya – Ruminiya 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 56 Elyunussi, 2:0 – 70 Edegor, 2:1 – 76 Kesheryu, 2:2 – 90 Kesheryu.

Shvetsiya – Malta 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 2 Kvayson, 2:0 – 50 Klasson, 3:0 – 81 Isak.

Daniya – Irlandiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 76 Xeyberg, 1:1 – 85 Daffi.
Daniya – Shmeyxel, Kristensen, Larsen, Ker, Dalsgor, Dileyni, Eriksen, Shene (Xeyberg, 72), Yorgensen, Poulsen, Breytueyt (Dolberg, 65).
Irlandiya – Rendolf, Koulmen, Stivens, Daffi, Kio, Xurixeyn (Xogan, 82), Breydi (Djadj, 66), Xendrik, Makkleyn, Uelan, Makgoldrik (Robinson, 88).

Top