09:10 / 09.06.2019
12906

AQShda yangi aksiya: smartfondan 1 haftaga voz kechganlik uchun 1000 dollar

Foto: Flickr

AQShda smartfondan 1 hafta mobaynida butkul voz kechish evaziga 1000 dollar mukofotni qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan aksiya start oldi.

CBS’ning xabar qilishicha, smartfonning o‘rniga oddiy buklama telefondan foydalanaverish mumkin.

Aksiya Frontier Communications internet-provayderining reklama aksiyasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Pulni qo‘lga kiritish uchun ijodiy tanlovda ham ishtirok etish kerak. Ya'ni 100-200 so‘z yordamida nega aynan sizning nomzodingiz tanlovda qatnashish uchun mos kelishini isbotlashingiz lozim.

Top