12:20 / 09.06.2019
5934

Moldova konstitutsion sudi prezident vakolatlarini bosh vazir vazifasini bajaruvchiga o‘tkazdi

Foto: Sputnik /Miroslav Rotar

Moldova konstitutsion sudi prezident vakolatlarini bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi Pavel Filipga berish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda konstitutsion sud saytida ma'lum qilindi.

Qarorda aytilishicha, Pavel Filip parlamentni tarqatib yuborishi va muddatidan oldin saylovlar o‘tkaziladigan sanani belgilashi lozim.

Avvalroq Moldova parlamenti deputatlari YeI tarafdori bo‘lgan ACUM bloki («Nufuz va haqiqat platformasi» siyosiy partiyasi va «Harakat birdamlik» partiyasi saylovi bloki) hamraisasi Mayya Sanduni bosh vazir etib saylashgani xabar qilingandi.

Mamlakat prezidenti Igor Dodon esa jurnalistlar oldida chiqish qilar ekan, mamlakatdagi vaziyatni murakkab, chalkash va portlashga yaqin deb atadi.

Mavzuga oid
Top