9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

13:50 / 09.06.2019 42501

Video: Marg‘ilon shahridagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

9 iyun kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi sobiq TPZ bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tungi soat 02:00 atrofida ro‘y bergan. Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Farg‘ona IIB ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etish uchun barcha tegishli tashkilotlar jalb qilingan, qurbonlar yo‘q.

«2019 yil 9 iyun kuni soat 02:05da Marg‘ilon shahar «Pichoqchi» MFY Xiyobon ko‘chasi 174-uyda joylashgan «Marg‘ilon Umumiy Ulgurji Savdo kompleksi» MChJga qarashli oziq-ovqat savdo binosida (yopiq bozor) yong‘in sodir bo‘lgan. 

Yong‘in bo‘lgan joyga soat 02:10da yetib borilgan, soat 05:40da olov o‘chirilgan. Yong‘inga jami 22ta yong‘in o‘chirish texnikalari (19ta asosiy, 3ta maxsus), 2ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi jalb etilgan. 

Yong‘in sodir bo‘lgan savdo kompleksining umumiy maydoni 10440 m2 (72x145 m) bo‘lib, yong‘in natijasida binoning taxminan 1575 m2 (35x45 m) maydonidagi oziq-ovqat, parfyumeriya mahsulotlari va xo‘jalik mollari yonib zararlangan, 8825 m2 maydon saqlab qolingan», deyiladi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida. 

Yong‘in sodir bo‘lgan joy O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top