8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:29 / 10.06.2019 15656

Bojxonachilar yuk mashinasiga yashirilgan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni fosh etishdi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz qurol-yaroq va o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan o‘q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Jumladan, «S.Najimov» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, «Beta» laqabli xizmat iti yordamida, fuqaro P.V. boshqaruvida bo‘lgan «DAF FT XF 105460» rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning salonidagi bardachok ichida bojxona nazoratidan yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, qiymati 2 274 000 so‘mlik, 2 dona yelim quti ichida 4,5 mm kalibrli «Vystrel» nomli pnevmatik o‘qlar, 6 dona «GAZ SO2» nomli gaz balonchiklar va 1 bir dona «STALKER» nomli pistoleti borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Top