8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

12:40 / 10.06.2019 25394

Navbatdagi jang arafasida yana raqibi o‘zgargan Shohjahon Ergashev osonlik bilan g‘alabaga erishdi

Professional boksning super yengil vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 9 iyun kuni navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi prof ringdagi 17-jangini rossiyalik Maksim Churbanovga qarshi o‘tkazib, 6 raundga mo‘ljallangan bahsning uchinchi raundida raqibini nokautga uchratdi.

GoSport.uz internet-nashri oldinroq Shohjahon Ergashevning o‘ziga tayanib, u iyun oyida puerto-rikalik Danielito Zorrilyaga (11-0, 9 KO) qarshi ringga chiqishi haqida xabar bergandi. Keyinroq, bu ma'lumot yolg‘on bo‘lib chiqdi. Ma'lum qilinishicha, Shohjahon Ergashev jang kechasi uchun chiqarilgan chiptalarni eng qimmatini 50 dollardan sotishga ulgurgandi.

Olamsport.com nashri ma'lumotiga ko‘ra, Zorrilya betob bo‘lib qolgani bois Moskvaga yetib kela olmagan.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli Maksim Churbanov faoliyati davomida jami 14ta jang o‘tkazgan. Hisobida 8 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va bir durang bor edi. U Ergashevga qarshi jangda faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

 

Top