14:30 / 10.06.2019
26498

Papayya: organizm uchun foydasi va zarari

Papayya – kelib chiqishi tropik bo‘lgan shirin meva. Bugun mevani yangi uzilgan va muzlatilgan holda ham uchratish mumkin.

Foto: Pixabay

Tarkibi va kaloriyasi

Papayya kletchatkaga boy, bu esa uni parhez yegulik uchun mosligini ta'minlaydi. Bundan tashqari, shirin meva tarkibida papain moddasi bo‘lib, u hazm qilishni yaxshilaydi. V guruhi (V1, B2, B5), shuningdek, A, S va D vitaminlariga boy. Kaloriyaliligi: 100 grammda 40 kkal.

Kimyoviy tarkibi va ta'miga ko‘ra, u qovunga o‘xshaydi. Mevaning rangi beta-karotin mavjudligi sabab ana shunday rangda. Pishgan papayya ushlab ko‘rilganda tarang, terisi esa yumshoq bo‘ladi. Terib olinganidan keyin ham pishishda davom etadi.

Quritilgan papayya ham  yangi uzilganidek foydali.

Tarkibidagi papain fermenti sabab doimiy ravishda iste'mol qilish yaralarning bitishi va gastritning tuzalishiga hissa qo‘shadi. Meva ochiq yaralarning bitish jarayonini ham tezlashtiradi. Kesilish va teri yallig‘lanishlarida sharbat va mevasi bo‘laklaridan foydalaniladi.

Pishgan mevani iste'mol qilish astma xurujini yengillashtiradi.

Meva hayz siklini to‘g‘rilashga yordam beradi.

Papayyaning zarari va uni iste'mol etilishiga qarshi ko‘rsatmalar

Asosiy qarshi ko‘rsatma – individual hazm qila olmaslik.

Mevaning o‘ta ko‘p miqdorda iste'mol qilinishi oshqozon buzilishlariga olib keladi.

Yaxshisi, pishib yetilgan mevani tanlagan ma'qul, chunki pishmagani tarkibida oshqozonda noxush holatlarni uyg‘otuvchi zaharli sharbat bo‘ladi.

Papayya ayrim hollarda non daraxti deb ham ataladi. Sababi oddiy: agar meva bo‘lagini olov ustida ushlab tursangiz, undan yoqimli non isi kela boshlaydi.

Mavzuga oid
Top