8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

22:16 / 10.06.2019 38040

Putin jurnalist Golunov ishi bo‘yicha qanday munosabat bildirgani ma'lum bo‘ldi

Foto: TASS / Scanpix / LETA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin giyohvand modda sotishda ayblanib uy qamog‘iga olingan «Meduza» jurnalisti Ivan Golunovning kaltaklangani borasida tekshiruv o‘tkazish iltimosiga ijobiy munosabat bildirdi. Bu haqda 10 iyun kuni Putin bilan uchrashgan Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova ma'lum qildi.

«Unga o‘z nuqtai nazarimni aytdim va Ivanga nisbatan kuch ishlatishganidan tashvish bildirib bu borada xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi kerakligini ma'lum qildim. Bosh prokuratura dastlabki tergov ustidan nazoratni davom ettirishi kerakligini so‘radim. Prezident bu fikrlarga ijobiy munosabatda bo‘ldi», — dedi Moskalkova.

Asosiy ofisi Latviyada joylashgan «Meduza» internet-nashrining tadqiqotchi jurnalisti Ivan Golunov o‘tgan hafta oxirida Moskvada qo‘lga olingandi.

Uni yirik miqdordagi narkotik moddalarni saqlashda ayblashgan. Uning o‘zi bu ish uyushtirilganini iddao qilmoqda.

Shanba kuni Moskvadagi Nikulin sudi Golunovni sog‘ligidagi muammolarga qaramasdan uy qamog‘iga hukm qildi.

Ivan Golunov sudda o‘zining aybsizligini ma'lum qilgan.

Top