8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

22:47 / 10.06.2019 11566

Qozog‘iston MSK prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e'lon qildi 

Foto: toqayev_shtaby

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Qosim-Jo‘mart To‘qayevni prezidentlik saylovlari g‘olibi deb e'lon qildi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Lazzat Sulaymonga tayanib Today.kz xabar berdi.

Qozog‘istonning amaldagi prezidentiga saylovchilarning 70,96 foizi (6 539 715) ovoz bergan.

Undan keyingi eng ko‘p ovozni Amirjan Kosanov olgan - 16,23 foiz (1 495 491 ovoz).

Qolgan nomzodlar quyidagicha ovoz to‘plagan: Daniya Yespayeva - 5,05 foiz (465 714), Toleutay Raximbekov - 3,04 foiz (280 451),  Amangeldi Taspixov - 1,98 foiz (182 898), 
Jambil Axmetbekov - 1,82 foiz (167 649) va Sadibek Tugel - 0,92 foiz (84 582).

Yakshanba kuni Qozog‘istonda hisob bo‘yicha oltinchi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatni qariyb 30 yil boshqargan va 20 mart kuni prezidentlik vakolatini topshirgan Nursulton Nazarboyev ilk bor saylovda nomzodini ilgari surmadi. Uning partiyasi - «Nur Otan» prezidentlik uchun To‘qayev nomzodini ko‘rsatdi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev inauguratsiya marosimi 12 iyunda o‘tkazilishini ma'lum qildi.

Top