8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

07:48 / 10.06.2019 14800

Qozog‘iston prezidenti saylovlarida Toqayev yetakchilik qilmoqda – exit poll

Foto: AFP

Qozog‘iston prezidenti saylovlarining “Qog‘amdyq pіkіr” instituti o‘tkazgan ekzit-pol natijalari e'lon qilindi.

Ularga ko‘ra, nomzodlar quyidagicha ovoz to‘plashgan:

Jambil Axmetbekov - 3,86 foiz; Daniya Yespayeva - 5,32 foiz; Amirjan Kosanov - 15,39 foiz; Toleutay Raximbekov - 3,03 foiz; Amangeldi Taspixov - 1,41 foiz; Qosim-Jomart Toqayev - 70,13 foiz; Sadibek Tugel - 0,86 foiz.

So‘rovnoma 325 ta saylov uchastkasida o‘tkazilgan.

Shuningdek, “Yoshlar” ilmiy-tadqiqot markazi o‘tkazgan yana bir so‘rovnomaga ko‘ra natijalar quyidagicha bo‘lgan: 

Qosim-Jomart Toqayev - 69,94 foiz; Amirjan Kosanov - 14,96 foiz; Daniya Yespayeva - 4,78 foiz; Jambil Axmetbekov - 3,06 foiz; Toleutay Raximbekov - 2,71 foiz; Amangeldi Taspixova - 2,63 foiz; Sadibek Tugel - 1,92 foiz.

Top