9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

10:40 / 11.06.2019 5853

Pasport uskunalari soni: Toshkentda 17ta, Samarqandda 3ta

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

10 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida «Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorining ijrosi yuzasidan jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Badriddin Shorixsiyev Toshkent shahrida biometrik va xorijga chiqish pasportlarini olish bo‘yicha navbatlar deyarli yo‘qligi, apparatlar har bir tumanda ishlab turgani, ammo viloyatlarda bu masala muammooligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

«Toshkent shahrida pasportlar beruvchi 12ta, viloyatida 5ta shunday tizim ishlab turibdi. Samarqand viloyati bo‘yicha bunday uskunalarimiz soni avval bitta edi, hozir uchtaga yetkazdik. Ammo bu ham kamligini yaxshi tushunamiz. Kuni kecha Germaniyadan yana 20ta shunday uskunalar yetib keldi va ularning uchtasini Samarqand viloyatining aholi zich tumanlariga o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Hozirning o‘zida navbatlar yil boshidagidek emas, lekin endi vaziyat yanada yaxshilanadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top