22:48 / 11.06.2019
15772

Rim imperatorining oltin tangasi rekord narxga sotildi

Foto: Dix Noonan Webb

Buyuk Britaniyada miloddan avvalgi 293-296 yillarga tegishli noyob Qadimgi Rim oltin tangasi auksion vaqtida 552 ming funt sterlingga sotildi. Bu narx shunday lotlar uchun rekord narx bo‘ldi. 

Tanganing sotilishi bilan bog‘liq tafsilotlar Dix Noonan Webb auksion uyi tomonidan ma'lum qilindi. Gap yaqinda Kent grafligida shudgor qilingan yerda topilgan oltin tanga haqida bormoqda. Mutaxassislar tanga Britaniyada imperator Allektus hukmronlik qilgan davrda zarb etilganini aniqlashgan. 

Tanganing og‘irligi 4,31 gramm kelib, hozirgi shunday qiymatdagi tangalardan biroz og‘irroq keladi. Kolleksionerlarga ushbu tanga Allectus aureus nomi bilan ma'lum bo‘lib, butun tarix davomida shunday tangadan bor-yo‘g‘i 24 ta topilgan.

Dastlab tanga 70-100 ming funt sterlingga sotilmoqchi bo‘lgan, biroq u uchun internet va telefon orqali murosasiz kurash kechgan. Natijada uni anonim kolleksioner sotib olgan.

“Men bu aqlbovar qilmas narxdan hayratdaman, bu tanga biz Dix Noonan Webb’da sotgan eng qimmatbaho tangadir. Endi u dunyodagi eng qimmatbaho Rim tangalaridan biri va Britaniyada zarb etilgan eng qimmatbahosi hisoblanadi”, deb aytgan auksion uy rahbari Kristofer Uebb.

Ta'kidlanishicha, imperator Allektus zamonida oltin tangalar uning miloddan avvalgi 296 yildan 293 yilgacha hukmdorligining butun davri davomida zarb etilgan.

Mavzuga oid
Top