8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

17:34 / 11.06.2019 4816

«Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Foto: AFP

Portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonseka «Roma» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Klub rasmiy saytiga ko‘ra, u «bo‘rilar» bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Bitimda muddat yana bir yilga uzaytirilishi mumkinligi qayd etilgan.

Fonseka uch mavsumdan buyon Donetskning «Shaxtyor» klubini boshqarayotgandi. Bu vaqt ichida u Ukraina chempioni bo‘lib, uch marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi, bir bor Superkubokda ham g‘olib chiqdi.

46 yoshli Paulu bunga qadar vatani Portugaliyada bir qator klublar, jumladan «Portu», «Pasush de Ferreyra» va «Braga» jamoalarida bosh murabbiy bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, «Roma» 2018/19 mavsumini Eusebio Di Franchesko va Klaudio Raneri qo‘l ostida o‘tkazib, A Seriyada 6-o‘rinni oldi. Italiya kubogida chorak finalga chiqqan jamoa YeChLda nimchorak finaldan ortga qaytdi.

Top