11:54 / 11.06.2019
5598

Soliq imtiyozi tatbiq etilmaydigan import dorilar soni ko‘payishi mumkin

Foto: Aleksandr Ryumin/TASS

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Tayyor dori vositalari importni tartibga solish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni  nazarda tutuvchi yangi qaror loyihasi e'lon qilindi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamaga qo‘yildi.

«Tayyor dori vositalari va tibbiy maqsadlardagi buyumlar importini tartibga solish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish  to‘g‘risida»gi hukumat qaror loyihasida  « import qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi 6 bandida ko‘zda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan dori vositalari va tibbiy maqsadlardagi buyumlar ro‘yxati» yangi tahrirda taqdim etildi. 

Shunday qilib, amaldagi ro‘yxat bo‘yicha taqdim etilgan QQSga tortiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar soni ortmoqda. Xususan, 68ta dori vositasini 104taga yetkazish nazarda tutilgan.

Qaror loyihasi qabul qilinsa, u rasman e'lon qilingandan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Top