9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

20:53 / 11.06.2019 8598

Toshkent hokimligi Mustaqillik maydonidagi favvora vaqtida ta'mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli borligini bildirdi

Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mustaqillik maydonidagi favvora olib tashlanayotgani haqidagi xabarga izoh berdi.

Hokimlikning ma'lum qilishicha, bu yerda to‘liq ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Mazkur favvoraning qurilganiga 50 yil bo‘lgan. Hozirda uning ayrim joylari darz ketgan. Agar vaqtida ta'mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli bor”, deyiladi hokimlik izohida.
 
Ta'kidlanishicha, favvora me'yordagidan 8 barobar ko‘p elektr energiyasi sarflaydi. Hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab elektr yanada tejaladi.

Hokimlikning bildirishicha, shu yil oxiriga qadar favvora ta'mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushiriladi.

Top