8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

22:06 / 11.06.2019 9099

Tramp G20 sammitida Putin va Si Tszinpin bilan uchrashmoqchi

Foto: RIA Novosti

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan "katta yigirmatalik" sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma'lum qildi.

"Uchrashuvlarga kelsak, prezident Si Tszinpin va Vladimir Putin bilan uchrashishini kutmoqdamiz", - dedi Bolton.

Avvalroq Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida agar Si Tszinpin "yigirmatalik" davlatlari rahbarlari uchrashuviga kelmasa, Xitoy mahsulotlariga nisbatan yangi bojlar joriy etilishini aytgandi.

"Katta yigirmatalik" sammiti 29 iyun kuni Osakada bo‘lib o‘tadi.

Top