09:00 / 11.06.2019
12467
Reklama

Zamonaviy va qulay turar-joy majmuasi qanday bo‘lmog‘i lozim?

Dream City Development kompaniyasi Tashkent City hududida joylashgan Boulevard turar-joy majmuasining afzal jihatlari misolida zamonaviy qulay turar-joy majmuasi qanday bo‘lishi kerakligi haqida so‘zlab beradi. 

Boulevard turar-joy majmuasi O‘zbekistondagi yirik qurilish loyihasi – Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi qad rostlayotgan hududda joylashgan. Bu shahar maskanining butunlay yangi ko‘rinishi bo‘lib, Toshkent shahrining qoq markazida tez sur'atlarda rivojlanayotgan va dunyo standartlari darajasidagi mustaqil megapolisdir. 

Qo‘riqlanadigan hudud, yer osti avtoturargohi, baland shiftlar va xonalarni erkin rejalash zamonaviy qulay yashash makonining muhim xislatlari hisoblanadi. Dream City Development kompaniyasi poytaxtning qoq markazida barpo etilayotgan ajoyib loyihaning afzalliklarini taqdim etdi.

Qulaylikning oliy darajasi

Baland shiftlar – bu mutlaqo keng makonning o‘zgacha hissi. Xonalar yanada yorug‘ va bahavo. Boulevard turar-joy majmuasi xonadonlarida 3-qavatdan to 5-qavatgacha shift va pol oralig‘i 3,40 metr masofani tashkil etadi, 6-qavatdagi xonadonlarda shiftlar balandligi – 3,70 metrni, 7-qavatda esa eng baland shiftlar – 4,40 metr balandlikni tashkil etadi. Shu bilan birga, har bir xonadon kamida bitta balkonlarga ega. Boulevard uylarining tashqi fasadi me'moriy ansamblining badiiy elementlaridan yaratilgan dekoratsiyalarda gips va innovatsion tolali fibrobetondan foydalangan holda tabiiy travertinli toshlardan qilingan.

O‘z ideal makoningizni rejalashtiring

Boulevard turar-joy majmuasining uylari erkin rejalash asosida amalga oshiriladi, bu esa xonalarni o‘z xohishingizga ko‘ra tartiblashingiz mumkin: oshxonani mehmonxona bilan birlashtirasizmi, garderob uchun alohida xona ajratasizmi, yotoqxonangiz kattaligi qanchalik bo‘ladi va yuvinish xonasi qayerdan joy oladi va hokazo. Agarda sizga tanlangan xonadon torlik qilsa, uni o‘sha qavatda joylashgan qo‘shni xonadon bilan birlashtirishingiz mumkin.

Kecha-yu kunduz xavfsiz

Zamonaviy shahar maskanida qulaylikning tengi yo‘q sharoiti bu sizning xavfsizligingizdir. Boulevard'dagi turar-joylarning hududi go‘yo avtonom Yevropa kvartali sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, hudud faqatgina majmua aholisi va ularning mehmonlari uchun mo‘ljallangan. Turar-joy majmuasi hududiga kirish qismida esa qo‘riqlash punkti faoliyat yuritadi. Yo‘laklarning barcha kirish eshiklari muntazam nazorat qilish videokameralari ostida bo‘ladi, ularning tasvirlari xavfsizlik xizmati monitorlariga uzatiladi. Ruxsat etish va mehmonlarni qayd etish xizmati tashrif buyuruvchilarni nazorat qiladi. Yer osti avtoturargohiga kirish avtomobil raqamlari belgilarini tanish tizimi orqali boshqariladi va bu boshqa biror kishi sizning joyingizni egallashini oldini oladi. 

Barcha uchun puxta o‘ylangan avtoturargoh

Boulevard turar-joy majmuasi rezudentlari uchun 1600 dan ziyod joylarga ega bo‘lgan qo‘riqlanadigan yer osti avtoturargohi barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Avtoturargohga Shveytsariyaning Schindler liftlarida har qanday qavatdan va hattoki yuk bilan tushish imkoni mavjud. Shuningdek, mashinalar uchun oilaviy joylar, ya'ni bir oilaning ikkita mashinasi ketma-ket joylashishi uchun joylar ham ko‘zda tutilgan. Majmua mehmonlari uchun alohida yer usti avtoturargohlari bunyod etilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa hovli mashinalardan mutlaqo xoli bo‘ladi.

Barcha kerakli narsalar yonginangizda

Turar-joy majmuasi yaqinida 4 ta metro bekatlari – «Xalqlar Do‘stligi», «Alisher Navoiy», «Paxtakor» va «O‘zbekiston» bekatlari joylashgan. Xalqaro aeroportga avtomobilda 10 daqiqada yetib olish mumkin, majmuaga yaqin bolalar bog‘chasi, maktab, o‘quv va tibbiyot muassasalariga yayov yurib borsa ham bo‘ladi. Shu bilan birga, turar-joy majmuasidan uzoqda bo‘lmagan masofada poytaxtning diqqatga sazovor maskanlari – Mustaqillik maydoni, Tsirk, Paxtakor stadioni, Xalqlar Do‘stligi saroyi, Humo Arena sport majmuasi, shuningdek yirik bozor va madrasalar joylashgan.  

Uylardan ikki qadam narida esa maydoni 18 gektardan ziyod bo‘lgan Tashkent City'ning ulkan parki joylashgan bo‘lib, poytaxt markazida keng doiradagi jamoat maskaniga aylanadi. Park hududida ulkan yam-yashil maydon, shuningdek, O‘zbekistonda birinchi marta taqdim etiladigan turli xil dam olish va ko‘ngilochar imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Turar-joy majmuasining birinchi qavatlarida poytaxtning yirik va mamlakatda o‘xshashi bo‘lmagan ulkan savdo maskani – Boulevard shopping-avenyu qad rostlaydi. Bu yerda butiklar, supermarketlar, qahvaxonalar, go‘zallik salonlari, do‘konlar, kafe va restoranlar o‘rin oladi. Har bir yashash uylarining hovlilarida zamonaviy bolalar maydonchalari, sayr qilish uchun esa majmua bo‘ylab ko‘plab sayilgohlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.  

Dream City Development kompaniyasi yuqori toifadagi sifatli va qulay ko‘chmas mulk talablariga javob beradigan zamonaviy va funksional makonni yaratish va joriy etishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning ikki asosiy loyihasi – Gardens Residence va Boulevard ikkita shinam turar-joy majmualari poytaxtning eng nufuzli maskani – Tashkent City hududida bunyod etilmoqda.

Tashkent City'ning Boulevard TJMda xonadonlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Batafsil ma'lumotlarga savdo ofislarimizda ega bo‘lishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar Do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy ko‘chasi tomonga yuriladi. 

Savdo ofisining ish tartibi: dam olish kunlarisiz, soat 9:00 dan 19:00 gacha.

Yagona axborot markazi: (+998) 71 202-22-22

Sayt: dreamcity.uz

Telegram-kanal: t.me/dreamcityuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top