9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

23:25 / 12.06.2019 9873

Eron AQSh bilan urush boshlash niyatida emas – Ruhoniy

Foto: RIA Novosti

Eron AQSh bilan urush boshlash niyatida emas. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra ta'kidlab o‘tdi.  

“Men janob bosh vazirga biz mintaqada, hattoki AQSh bilan ham, urush boshlaydigan davlat bo‘lmasligimizni aytdim. Lekin bizga qarshi urush boshlashsa, bizning javob qat'iy bo‘ladi”, deb aytgan Eron prezidenti matbuot anjumanida. 

Shuningdek, Ruhoniy Tokio Eron neftini sotib olishni davom ettirmoqchiligini aytgan. 

“Yaponiyaning Erondan neft sotib olishni davom ettirmoqchiligi ikki davlat munosabatlari rivojini kafolatlashi mumkin”, deb aytgan Eron prezidenti.  

Eslatib o‘tamiz, Abe 12 iyun kuni Eronga rasmiy tashrif bilan keldi.

Teglar

Top