20:10 / 12.06.2019
13931

«MYu» yozdagi ilk xaridini amalga oshirdi

21 yoshli yarimhimoyachi Deniel Jyeyms «Suonsi»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tdi. Bu haqda manchesterliklar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tomonlar o‘rtasida 5 yillik shartnoma tuzilgan, kelishuvga ko‘ra bu shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

– Hayotimdagi eng katta chorlovlardan biri, buni men juda ham kutgandim. Premer-liga – jahondagi eng kuchli liga, «Manchester Yunayted» –  men futbolchi sifatida rivojlanishim uchun eng mos jamoa.

Bu lahzalar meni va mening oilamni faxrga ko‘madi, ammo qayg‘ulisi shuki: mening otam bugun oramizda emas va quvonchimizni birga baham ko‘ra olmaydi.

Ole bilan birga ishlash, shuningdek jamoa futbolchilari bilan uchrashib, tezroq mashg‘ulotlar boshlashni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Menimcha, har bir bola «Manchester Yunayted»da o‘ynash orzusida katta bo‘lsa kerak.

Men hech qachon bu klubda o‘ynash tugul, bu klubga qarshi maydonga tushish haqida ham xayol qila olmasdim, – deydi Jyeyms.

Sky Spors nashri ma'lumotiga ko‘ra, «Suonsi» futbolchisi transferi uchun 15 million funt oladi.

Yakunlangan mavsumda ushbu vinger uelsliklar klubi safida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol urgan va 10 golga uzatma bergan.

Top