9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

11:50 / 12.06.2019 143198

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kino, teatr va televideniyedagi faoliyati bilan tanilgan Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘ziga xos betakror iste'dod sohibasi Gulbahor Yo‘ldosheva olamdan o‘tdi. Gulbahor Yo‘ldosheva ayni kunlarda ham kinorejissyor ham aktyor, opaning sahnadagi yelkadoshlaridan biri Dilmurod Masaidov suratga olayotgan «Qo‘qon shamoli» badiiy filmida band edilar», - deb yozadi jurnalist.

Uzoq yillar davomida O‘zbekiston davlat drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan Gulbahor Yo‘ldosheva 2012 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgandi. U rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevning rafiqasi, aktyor Bobur Yo‘ldoshevning o‘gay onasi hisoblanardi.

U o‘zbek kinotomoshabiniga «Kechikkan hayot» (2010), «Haqiqat kuni» (2011), «Afg‘on» (2012), «O‘gay ona» (2012), «Kutilmagan qo‘ng‘iroq» (2012), «Turist» (2013) va «Ko‘rgim keladi» (2014) filmlari orqali tanilgan, «Tutash taqdirlar» seriali esa unga katta mashhurlik olib kelgandi.

Kun.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik izhor etadi.

Top