8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

21:20 / 12.06.2019 12882

Quyi Chirchiq tumanida IIB boshlig‘i o‘zgardi

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, endilikda podpolkovnik Abdusamattov Rustam Vohid o‘g‘li Quyi Chirchiq tumani IIB boshlig‘i hisoblanadi.

U bu lavozimda 2018 yilning avgustidan buyon ishlab kelgan podpolkovnik Atham Inag‘omov o‘rnida ish boshladi.

Bundan avvalroq Quyi Chirchiq tumaniga yangi hokim, yangi prokuror va Davlat soliq inspeksiyasining yangi rahbari tayinlangani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot respublikadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lgani uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra Quyi Chirchiq tumani hokimi Sobir Murodov vazifasidan ozod etilgandi.

Top