8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

10:00 / 13.06.2019 3030

Bojxonachilar aeroportda qimmatbaho taqinchoqlarni olib kirishga uringan shaxsni to‘xtatishdi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi «Buxoro aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy reys orqali harakatlanish chog‘ida mamlakatimizga yashirincha qimmatbaho taqinchoqlarni olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.

Fuqaro H.Q «yashil yo‘lak» orqali harakatlanish chog‘ida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada u o‘zi bilan umumiy qiymati 8 167 800 so‘mlik, jami 408,39 gramm  zargarlik buyumlarini bojxona chegarasidan yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlangan. 

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Hozirda, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.  

«Bojxona organlari tomonidan xalqaro aeroportlarimizda joriy etilgan «qizil» va «yashil» yo‘laklar fuqarolarning qimmatli vaqtlarini tejash va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. 

Ammo ba'zi shaxslar mazkur imkoniyatdan o‘zlarining noqonuniy maqsadlari yo‘lida foydalanishlari, bojxona xodimining ko‘zini shamg‘alat qilishga urinishlari esa, achinarli holdir», deyiladi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Top