8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:40 / 13.06.2019 20085

Turkiyada O‘zbekistonning yana bir fuqarosi halok bo‘ldi

2019 yil 11 iyun kuni Istanbul shahrida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1987 yilda tug‘ilgan Muhayyo Sherdanova halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ma'lum qildi.

Ushbu hodisada marhumaning 1976 yilda tug‘ilgan opasi Matluba Sherdonova jabrlangan va hozirda «Qonuniy Sulton Sulaymon» shifoxonasida koma holatida qolmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni, jumladan, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan.

Avvalroq, 11 iyun kuni Istanbulning Uskyudar tumanida yuz bergan YTH oqibatida 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etgani, 31 may kuni Istanbulning Chekmeko‘y dahasida pichoqbozlik oqibatida 31 yoshli namanganlik halok bo‘lgani, 30 may kuni Istanbulning Go‘ztepa mahallasida gilamga o‘ralgan ayol jasadi topilgani va u O‘zbekiston fuqarosi deb taxmin qilinayotgani haqida xabarlar berilgan edi.

Top