8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

20:41 / 13.06.2019 6642

Jizzaxdagi yirik konditer sexida yong‘in yuz berdi.

12 iyun kuni soat 20.43da Jizzax shahridagi H.Olimjon mahallasi R.Axmurodov ko‘chasida joylashgan "Bonu shirinliklari" MChJga qarashli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. Natijada binoning jami 400 kvadrat metr maydondagi tom qismi hamda qandolat maxsulotlari ishlab chiqaruvchi jihozlar va tayyor mahsulotlar yonib ketgan. 

Bu haqda Kun.uz muxbiriga Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma'lumot berdi. 

Qayd etilishicha, yong‘in shaxsiy tarkib va maxsus texnikalar hamda suvoqova korxonalarining suv tashuvchi avtoulovlari yordamida soat 23.50da batamom o‘chirilgan. Binoning 900 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan. 

Ishlab chiqarish sexi va omborida bo‘lgan ishchilar orasida jabrlanganlar borligi ma'lum qilindi. Ular o‘rtacha darajadagi kuyish jarohati olgan. Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in yangi muzlatkichda sodir bo‘lgan qisqa tutashuvdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Mazkur konditer sexi shu yilning fevral oyida ishga tushgandi.

Top