22:18 / 13.06.2019
40780

Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Unda qayd etilishicha, ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faoliyatini tartibga solishdan iborat.

Qonun loyihasida ta'kidlanishicha, Milliy gvardiya jamiyat va davlat xavfsizligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, aholini turli ichki tahdidlardan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish, shuningdek Milliy gvardiyaning vakolatiga kiritilgan davlat ahamiyatidagi maxsus vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Hujjatda Milliy gvardiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, asosiy prinsiplari, Milliy gvardiyaning boshqa organlar, tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorligi, vakolatlari, huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan.

Qonun loyihasi o‘zbek tilida berilgan bo‘lib, uning to‘liq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.

Mavzuga oid
Top