8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

07:30 / 13.06.2019 7152

Moldova prezidenti raqiblari tomonidan uni o‘ldirish uchun qotillar yollanganini ma'lum qildi 

Foto: Aleksey Nikolskiy / RIA Novosti

Moldova prezidenti Igor Dodon Demokratik partiya unga suiqasd tayyorlayotganini ma'lum qildi. U bu haqda Moldova1 telekanali efirida aytib o‘tgan.

“Menda o‘z xizmatlarimdan dastlab qotilni Moldovada topishga harakat qilishgani, keyin esa ularni Odessada topishgani haqida ma'lumot bor. Men barchasini bilaman, biroq chekinmayman”, deb aytgan Dodon.

Moldova prezidentining ta'kidlashicha, uning jismoniy yo‘q qilinishi raqiblariga qo‘l keladi, chunki u o‘ladigan bo‘lsa parlament tomonidan qabul qilinuvchi qonunlarni tasdiqlaydigan odam bo‘lmaydi, “demakki bu qonunlar tergov kabi ishlamaydi, Dempartiya esa hokimiyat tepasida qoladi”. 

Moldovada iyun boshidan fevraldagi saylovlardan keyin parlamentga o‘tgan sotsialistlar, demokratlar va ACUM o‘ng bloki vakillari o‘rtasida koalitsiya shakllantirish borasida siyosiy inqiroz vujudga keldi. 8 iyunda Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi sotsialistlar partiyasi va Yevropani qo‘llab-quvvatlovchi ACUM bloki kelishuvga kelgan, biroq konstitutsiyaviy sud koalitsiya bu uchun ajratilgan muhlatdan keyin shakllantirilgan, degan qarorga kelgan va uni tan olmagan. 

Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi koalitsiya shakllantirilganini qonuniy deb tan olgan va yangi hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Top