22:20 / 13.06.2019
13101

Nur-Sultonga yangi mer tayinlandi

Qozog‘iston prezidenti farmoni bilan poytaxt Nur-Sultonga yangi akim (hokim) tayinlandi. Ushbu lavozimni Altay Kulginov egallagan.

2016 yil martidan Kulginov G‘arbiy Qozog‘iston viloyati hokimi lavozimini egallab kelgan. 2001 yildan 2008 yilgacha bosh prokuratura, adliya vazirligi, Qozog‘iston prezidenti ma'muriyatida ishlagan. 2013 yildan boshlab Uralsk akimi lavozimini egallab kelgan.

Kulginov 1978 yilda Turkistonda tug‘ilgan. H.A.Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Qozog‘iston prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi va Aberdin britan universiteti magistraturasida o‘qishni tamomlagan. 

Shuningdek, prezident farmoni bilan G‘arbiy Qozog‘iston viloyatiga Kulginov o‘rniga Gali Iskaliyev yangi akim etib tayinlangan.

Top