23:42 / 13.06.2019
15507
Rossiya va YeI o‘zaro hisob-kitoblarda rubl va yevroga o‘tmoqchi
Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg

Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov va Yevrokomissiyaning energoittifoq bo‘yicha vitse-prezidenti Marosh Shefchovich o‘zaro savdodagi hisob-kitoblarni rubl va yevroga o‘tkazish masalasini ilgari suruvchi ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Bu haqda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari matbuot kotibi Andrey Lavrov ma'lum qildi.

«Tomonlar milliy valutalardan foydalanishni kengaytirish o‘zaro manfaatli bo‘lishini, Rossiya va YeI tadbirkorlari uchun xatarlarni pasaytirishini qayd etishdi», — dedi u.

Ishchi guruh hisob-kitoblarni milliy valutalarda olib borish bo‘yicha amaliy qadamlarni o‘rganadi, dedi Siluanovning vakili.

Rossiya o‘z savdo hamkorlari bilan hisob-kitob qilishda milliy valutalarga o‘tish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Keyingi paytda Turkiya va Xitoy bilan bu borada muzokaralar o‘tkazildi.

Top