8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

20:27 / 13.06.2019 7028

Toshkent hokimligi restayling qilingan poytaxt gerbini taqdim qildi

Foto: facebook.com/Toshkenthokimligi

Toshkent hokimligi poytaxt gerbining restayling qilingandan keyin yangilangan ko‘rinishini taqdim qildi. Ushbu gerb 1997 yilda tasdiqlangan gerbning zamonaviy elementlar bilan biroz qayta ishlangan varianti hisoblanadi.

1997 yilgi gerb mualliflari Saidolim Sharipov va Javlon Umarbekov hisoblanadi. O‘sha gerb o‘zidan siyohrangdagi qalqonni aks ettirib, unda ochiq eshiklar, yashil daraxt, tog‘lar, ikkita daryo, tillarang non, bir bosh uzum va paxta gullari tasvirlangan edi. Yuqorisida “Kuch adolatdadir”, pastida esa “Toshkent” so‘zlari yozilgan bo‘lgan.

Yangilangan gerbda esa daryolar va non tasvirlanmagan.

Foto: «Spot»

“Ko‘rishingiz mumkin, biz tubdan farq qiluvchi biror narsa qo‘shmadik. Ushbu ish shahar ma'muriyati bilan kelishilgan va ma'qullangan”, deb xabar qilingan hokimlikda.

Shuningdek, Toshkentning yangi gerbini yaratish bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘lgan ish tasdiqlanmagan. Hokimlikda ta'kidlanishicha, bu ish yakunlangan ish bo‘lmay, balki konsepsiya bo‘lgan. 

Bundan tashqari, Toshkent logotipi mavjud bo‘lib, u MA’NO Branding brending agentligi tomonidan yaratilgan. Ko‘rgazmalilik uchun yuqorida eski gerb (1), yangilangan gerb (2), tanlovda g‘olib bo‘lgan, biroq tasdiqlanmagan gerb (3), shahar logotipi (4) va Toshkent hokimligi matbuot xizmati logotipi keltirilgan. 

Top