8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

01:01 / 13.06.2019 3844

Venesuelalik migrantlar bo‘lgan qayiq Karib dengizida g‘oyib bo‘ldi

Foto: SS0

Bortida venesuelalik 32 migrant bo‘lgan qayiq Karib dengizida g‘oyib bo‘ldi.

Mamlakat parlamenti saytida xabar berilishicha, qayiq 7 iyun kuni yo‘lga chiqqan, shu kundan boshlab yo‘lovchilarning hech biri aloqaga chiqmagan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, qayiq yo‘l olgan orol yaqinida bir kishi jasadi topilgan, lekin uning shaxsi hali o‘rnatilmagan.

Yo‘qolganlarning yaqinlari iltimoslariga qaramay, qutqaruv ishlari hali boshlanmagan.

Avvalroq BMTda xabar berilishicha, Venesueladan siyosiy inqiroz sababli 4 mlnga yaqin odam qochgan. 

Top