8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:00 / 14.06.2019 5863

Bishkek sammiti ishtirokchilari 22ta qo‘shma hujjat imzolashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shanxay hamkorlik tashkilotining Bishkek sammiti ishtirokchilari 22ta qo‘shma hujjat imzolashdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, ular orasida eng asosiysi Bishkek deklaratsiyasi bo‘ldi.  

Shuningdek, ShHTning giyohvand moddalarga qarshi kurash strategiyasi bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturini amalga oshirish rejasini tasdiqlash, tashkilotga a'zo davlatlarning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlar, “ShHT-Afg‘oniston” muloqot guruhining kelgusidagi faoliyati bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi.  

Shu bilan birga davlatlar rahbarlari ShHT ichida turli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator hujjatlarni imzoladi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.

Sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

O‘zbekiston prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish masalalari muhokama qilindi.  

Top