9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

19:54 / 14.06.2019 2044

Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlar sayli o‘tkazildi

Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman markaziy istirohat bog‘ida tuman hokimligi, yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman xalq ta'limi bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi va barcha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Yoshlar sayli»» o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Sportning stol tennisi, shaxmat-shashka, milliy kurash, boks va badiiy gimnastika turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

 

Shuningdek, yangi badiiy kitoblar ko‘rgazmasi, xotin-qizlar uchun malakali tikuvchi-murabbiylar tomonidan tashkil etilgan o‘quv-treninglari, kompyuter savodxonligi darslari, «Yosh oshpazlar tanlovi» va  ko‘ngilochar ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va konsert dasturlari tashkil etildi.

Ayni vaqtda Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi tadbir davomida e'tirof etildi.

Jumladan, yosh oilalar uchun «Yoshlar uyi» qurilib, topshirilish arafasida.  Yoshlar ittifoqi tuman kengashi tomonidan imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga 16 ta nogironlik aravachasi va boshqa maxsus moslamalar topshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining 106 nafari o‘quv qurollari, 35 nafari dori-darmon, 62 nafari oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlandi.

Yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida 7 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ular orqali 481 nafar yoshlar turli xil ishlarga joylashtirildi.

Yoshlar oyligi munosabati bilan iyun oyi davomida turli xil ijtimoiy himoya, bandlik, sport va boshqa shu kabi loyiha va tadbirlar tashkil etilmoqda.

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida  62 tadan ortiq musobaqalar tashkil etilib, ularda 4 mingga yaqin yoshlar ishtiroki ta'minlandi.

Shuningdek, tuman hokimligi hamkorligida tumandagi 43- umumiy o‘rtata'lim maktabida boks sport zali zamonaviy ta'mirlandi, «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mini-futbol maydoni barpo etildi.

Shuningdek, Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus yuzasidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni madaniyat va san'at muassasalariga keng jalb etish maqsadida tuman madaniyat bo‘limi va tumandagi mavjud 2 ta bolalar musiqa va san'at maktabi rahbarlari mas'ul etib belgilandi hamda chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Tumanda yangidan qad rostlagan konsertlar zalida doimiy ravishda  madaniy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ikkinchi tashabbus yuzasidan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish chora-tadbirlari belgilab olingan.

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida tumandagi umumta'lim maktablarining kompyuter jamlanmalarini ta'mirlash va internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi to‘rtinchi tashabbus  maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan.

Unga ko‘ra tumandagi M.Ulug‘bek mahallasida “Yoshlar kutubxonasi” qurilish ishlari boshlab yuborildi. Kutubxona bir vaqtning o‘zida 50-60 dan ortiq yoshlarni ilm olish, mazmunli xordiq chiqarishini ta'minlaydi. Shuningdek, A.Navoiy mahallasida joylashgan eski madarasani qayta ta'mirlab «Kutubxona-muzey» tashkil etish belgilangan.

Bundan tashqari, kitobxonlikni yuksaltirish maqsadida har bir ta'lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari uchun kitob yarmarkalari tashikl etildi.

Beshinchi tashabbus bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan, tumanda 2019-2020 yillarda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini ko‘zda tutilmoqda.

Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.

Top