8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

17:30 / 14.06.2019 13168

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Kun.uz’ga ma'lumot berishicha, Botirbek Isabekov Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Botirbek Isabekov ayni paytga qadar Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari, «Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tasarrufidagi xo‘jalik hisobidagi tibbiy ko‘rik bo‘limi» DUK direktori, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining umumiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga shu vaqtga qadar Ulug‘bek Abdumalikovich Egamberdiyev (v.b) rahbarlik qilib kelayotgandi.

Top