00:35 / 14.06.2019
12637

Tramp Belarusga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Belarusga qarshi sanksiyalar amal qilishi muddatini uzaytirdi. Bu haqda Oq uy xabar qildi.

“Belarus hukumatining ba'zi a'zolari va boshqa odamlarning xatti-harakatlari va siyosati AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga hanuzgacha noodatiy xavf hisoblanadi”, deyilgan xabarda.  

Belarusga qarshi sanksiyalar 2006 yilda Kichik Jorj Bush prezidentligi vaqtida kiritilgan va shundan beri har yili uzaytirib kelinadi. Sanksiyalar AQShning fikricha “demokratik institutlarga putur yetkazuvchi, inson huquqlarini buzuvchi va korrupsiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga” qarshi qaratilgan.

Top