8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:44 / 15.06.2019 3023

Butunjahon boks jamg‘armasi tashkil etilishi e'lon qilindi

Foto: Pixabay

Dunyoning yetakchi boks federatsiyalari ishtirokida Butunjahon boks jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda Yekaterinburgda o‘tayotgan Butunjahon boks forumida e'lon qilindi.

Avvalroq Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev bu jamg‘armani WBA, WBO, WBC va IBF ishtirokida tashkil etishni taklif qilgan.

“Kremlev bizga jamg‘arma tashkil etishni taklif qildi. Ushbu tashabbusga rozi bo‘ldik, chunki boksni rivojlantirishimiz va bokschilarga yordam berishimiz kerak”, deb aytgan IBF prezidenti Deril Piplz.

Jamg‘armani Kremlevning o‘zi boshqaradi. “Men bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Jamg‘arma boshqaruvida tashkilotlarning barcha prezidentlari, Olimpiya chempionlari ishtirok etadi. Jamg‘arma shaffof bo‘ladi”, deb aytgan Kremlev. 

Avvalroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro boks assotsiatsiyasini (AIBA) tan olish maqomidan mahrum etgandi. “Biz AIBA bilan yuzaga kelgan vaziyatni XOQ bilan muhokama qilamiz. Jamg‘arma ikki hafta ichida o‘z ishini boshlaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Kremlev.

Top