8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

22:35 / 15.06.2019 2927

Moldova konstitutsion sudi o‘zining parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi

Foto: Valentin Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Moldova konstitutsion sudi favqulodda majlisida o‘zining parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

Moldovada fevralda parlamentga saylangan partiyalar koalitsiya tuza olmagani va hukumatni shakllantira olmaganidan so‘ng siyosiy inqiroz boshlangandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, parlament partiyalarida buning uchun uch oy muddat bo‘lib, shundan so‘ng parlament tarqatib yuborilishi lozim. Bu muddat 9 iyun kuni nihoyasiga yetishi kerak edi. Ammo konstitutsion sud «uch oy» 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatni anglatishini ma'lum qilib, koalitsiya tuzish uchun so‘nggi muddatni 7 iyun deb belgilagandi.

Prezident Igor Dodonni qo‘llab-quuvatlovchi sotsialistlar partiyasi va ACUM bloki kirgan koalitsiya 8 iyunda tashkil etildi. Ertasiga 2016 yildan buyon demokratik partiya nazoratida bo‘lgan hukumat konstitutsion sudga murojaat qilib yangi koalitsiyani noqonuniy deb topishni talab qildi.  

Sud parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi. Yangi tuzilgan hukumat prezident Igor Dodon bu qarorga rozi bo‘lmadi va mamlakatda qo‘shhokimiyat paydo bo‘ldi.

14 iyun kuni demokratik partiya hukumati iste'foga chiqishini va muxolifat tarafiga o‘tishini e'lon qildi. Partiyaning ta'kidlashicha, ular «hokimiyatga yopishib olishmagani» va «mamlakat farovonligi uchun ishlashlarini» shu yo‘l bilan ko‘rsatishgan.

Top