8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:02 / 15.06.2019 7963

O‘zbekiston Airbnb’ning dunyo bo‘ylab sayohat yo‘nalishiga kiritilgan 18 davlat qatoridan joy oldi

Foto: KUN.UZ

Dunyodagi eng yirik uy-joy bronlash va mehmonxona xizmati Airbnb o‘z mijozlariga dunyo bo‘ylab sayohat uyushtirishni taklif qildi. Sayyohlik xizmatlari sohasida ham ishlovchi xizmat tashrif buyurishni taklif qilayotgan davlatlar orasida O‘zbekiston ham taqdim qilingan.

Dunyo bo‘ylab sayohat yo‘nalishi Airbnb faoliyatining yangi yo‘nalishi – “Sarguzashtlar” (Adventures) doirasida ishlab chiqilgan. Uning mualliflari yozuvchi Jyul Vernning “Dunyo bo‘ylab 80 kun” romanidan ilhomlanib, asardagi kabi sayohatga jo‘nash nuqtasi sifatida Londonni tanlashgan. Biroq yangi yo‘nalish romandagidan ancha farqlanadi.

Yo‘nalishga ko‘ra, 12 hafta ichida sayyohlar 18 ta davlat: Ruminiya, O‘zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, AQSh, Lotin Amerikasi davlatlariga tashrif buyurishadi. Har bir davlatda ularni mahalliy aholi kutib olib, ularga o‘z madaniyati va urf-odatlari haqida so‘zlab beradi. Sayohat 1 sentyabrda boshlanadi. 

Top