8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:20 / 15.06.2019 24377

Putin Si Tszinpinning tug‘ilgan kuniga muzqaymoq sovg‘a qildi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti rasman boshlanishi oldidan 15 iyunda 66 yoshni qarshilagan Xitoy raisi Si Tszinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga hamkasbi yoqtirib qolgan, Rossiyada ishlab chiqarilgan muzqaymoq sovg‘a qildi.

Ta'kidlanishicha, Putin Xitoy raisini tavallud ayyomi bilan tabriklagani uning Dushanbedagi qarorgohiga kirib o‘tgan.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Si Tszinpinning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi rolini yuqori baholab, Xitoy raisining Rossiyaga yaqinda amalga oshirgan tashrifi muvaffaqiyatli o‘tganini ta'kidlab o‘tgan.

Si Tszinpin o‘z navbatida Putinga minnatdorlik bildirgan va uning Xitoyda juda mashhurligini ta'kidlab o‘tgan.

Ma'lum qilinishicha, bir necha yil avval Sharqiy iqtisodiy sammitda xitoylik tadbirkorlar Putinga Rossiya muzqaymog‘i Xitoyda mashhurligini aytishgan. Shundan keyin Putin Xitoyga navbatdagi tashrifi vaqtida Si Tszinpinga ushbu shirinlikdan olib borgan.

Top