8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:33 / 15.06.2019 9629

Ronaldu o‘tgan mavsumda erishgan yutuqlari bilan maqtandi

Foto: Dean Mouhtaropoulos/Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumda erishgan yutuqlarini sanab o‘tdi va fanatlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Unutilmas mavsum bo‘ldi! Yangi taassurotlar, gigant klub, ajoyib shahar, zabt etilgan rekordlar va yana uchta sovrin!.

2019 yilda yuz bergan ajoyib lahzalar va yangi rekordlarni unutmayman:
- Superkubokda g‘alaba keltirgan gol;
- A Seriyadagi g‘alaba, chempionatning eng yaxshi futbolchisi, 21ta gol;
- Millatlar Ligasidagi g‘alaba, Shveytsariya darvozasiga uchta gol;
- Chempionlar Ligasida 100ta g‘alaba va 125ta gol marraga yetib olgan ilk futbolchi;
- UYeFAda 10ta sovrinni qo‘lga kiritgan ilk futbolchi;
- Jahon chempionatlari, Yevro, Konfederatsiyalar Kubogi va Millatlar Ligasi musobaqalarining final bosqichida gol urgan ilk futbolchi;
- 2004-2019 yillar davomida milliy jamoalarning 10ta musobaqasida gol urgan ilk futbolchi;

Tez orada ko‘rishguncha xayr! Birgalikda yangi sovrinlar va ajoyib marralar uchun kurashamiz!», — deb yozdi Ronaldu instagramda.

Top