10:20 / 15.06.2019
29574

Video: Andijon shahridagi uylardan birida katta yong‘in chiqdi

Bugun, 15 iyun kuni soat 10larda Andijon shahri «Yoyilma» MFY hududida joylashgan 4 qavatli 1-uyda yong‘in hodisasi ro‘y bergan.

Olov asosan uyning tom qismida bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda uylardan birining tepasida quyuq tutun ko‘kka o‘rlayotganini ko‘rish mumkin.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Andijon viloyat IIB ma'lumotiga ko‘ra, mazkur yong‘inda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar yo‘q. Aholining uylariga yong‘in tutashmagan. 

Yong‘in haqidagi xabar Favqullodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha navbatchilik qismiga soat 09:10da kelib tushgan va zudlik bilan hodisa joyiga jami 12ta, 10ta asosiy va 2ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. Birinchi mashina hodisa joyiga 09:17da yetib borgan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan qurshovga olingan yong‘in soat 09:55 da butunlay bartaraf etilgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan mazkur hududga viloyatning mutasaddi rahbarlari yetib borib, vaziyatni nazoratga olgan. Shuningdek, tez tibbiy xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari o‘z vazifalarini bajarmoqda.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Top