8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:05 / 16.06.2019 6057

Erdo‘g‘an S-400 majmualarini yetkazib berish iyulning birinchi yarmida boshlanishi mumkinligini ma'lum qildi

Foto: EPA-EFE/ALEXEI DRUZHININ/SPUTNIK/KREMLIN POOL

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rossiyaning  S-400 zenit-raketa majmualarini yetkazib berish iyulning birinchi yarmidan boshlanishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Putin bilan S-400 mavzusini muhokama qilish imkoniyati bo‘ldi, ammo mavzu allaqachon yopilgan, hech qanday salbiy gap bo‘lishi mumkin emas. O‘ylashimcha, iyulning birinchi yarmida yetkazib berish boshlanadi" – dedi u Tojikiston safaridan qaytayotib.

Avvalroq Anqara C-400 sotib olishdan voz kechmasligini bildirgandi. AQSh S-400 majmualari NATO standartlariga to‘g‘ri kelmasligini aytib, Turkiyaga sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda.

Top