17:20 / 16.06.2019
33442

IIV hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, podpolkovnik Mansur Xoliyorovich Qodirov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

podpolkovnik Mansur Qodirov

2018 yil iyunidan buyon Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan podpolkovnik Aziz Muxtorovich Qarshiyev  Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.

podpolkovnik Aziz Qarshiyev

Shuningdek, podpolkovnik Nodirbek Musirmanovich Ismailov Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, mayor Farrux Xolmuratovich Abrayev Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

podpolkovnik Nodirbek Ismailov
mayor Farrux Abrayev
Top