8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

10:00 / 16.06.2019 53857

Qon bosimini tushirishning oddiy usuli ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

7-9 soat davomidagi sog‘lom uyqu qon bosimini tushirishning eng odddiy usuli hisoblanar ekan. Bunday xulosaga Arizona universiteti olimlari kelishdi.

Mutaxassislar o‘rta yoshi 45 ni tashkil qilgan 300 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishgan.

Tajribaning barcha ishtirokchilariga ularning qon bosimini har 45 daqiqada o‘lchovchi qurilmalar berilgan. Ko‘ngillilarga tungi vaqtga ularning uyqu fazalarning samaradorligini baholash uchun maxsus brasletlar berilgan.

Aniqlanishicha, kam yoki yomon uxlaganlarda ertalab sistolik (yuqori) bosim oshgan. Shu bilan birga yuqori qon bosimi bilan uyquga ketib, yaxshi uxlaganlar ertalab yaxshi holatda uyg‘onganlar.

Olimlar barcha ma'lumotlarni tahlil qilib, umumiy holatni yaxshilash uchun 7 soatdan 9 soatgacha uxlash kerakligini hisoblab chiqishgan. Uyquga esa 23:00dan keyin ketmaslik ma'qulroq ekan.

Bundan tashqari, mutaxassislar maksimal qorong‘ilikda, barcha gadjetlarni o‘chirib va pardalarni yopib uxlashga chaqirishgan.

Top