08:17 / 17.06.2019
14885

Dunyoning eng ommaviy turistik davlatlaridan birida epidemiya e'lon qilindi 

Foto: Pixabay

Dunyoning eng ommaviy turistik davlatlaridan biri – Tailandda Denge bezgagi epidemiyasi e'lon qilindi. 

Tailandning kasalliklarni nazorat qilish departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan qirollikda ushbu kasallik bilan 28 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd qilingan, ulardan 43 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Departament bosh direktori o‘rinbosari Prichi Prempri ushbu ko‘rsatkichni 5 yil ichidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori deb aytib, o‘xshash iqlim sababli Tailand bilan qo‘shni davlatlarda ham shunday vaziyat kuzatilayotganini ma'lum qilgan.

Prempri epidemiyani yuqumli kasallik tashuvchisi bo‘lgan chivinlar ko‘payishi jarayonini nazorat qilib bo‘lmaslik bilan tushuntirgan.

Yuqumli kasallik Tailandning 5 ta viloyati: Trat, Ubon Ratchatxani, Chantaburi, Sakayeo va Mukdaxanda katta ko‘lamda tarqalgan.

Denge chivinlar tomonidan tashiluvchi virusli infeksiya bo‘lib, u grippga o‘xshash kasallik keltirib chiqaradi va ba'zida og‘ir Denge deb ataluvchi halokatli asoratlar rivojlanishiga olib keladi. 

Mavzuga oid
Top